🎵 Qoʻshiq matnlari

Sarvar va Komil - Qizaloq

2K marta oʻqildi
Sarvar va Komil - Qizaloq
Ishonmasdi sevgiga qizaloq,
U oʻylardi – sevgi dunyoda yoʻq,
Sevgi – oʻylab topilgan oʻyinchoq,
Sevgi nima bilmasdi qizaloq.

Bir kun bogʻning yonida qizaloq,
Uchratdi u bir yigitni biroq,
Sevib qoldi u yigitni koʻrib,
Yigit esa boqmadi qayrilib.

Sevib qoldi u yigitni,
Ilk marta, birinchi bora. (x2)

Oylar oʻtdi, ketidan yillar ham,
Ortda qoldi bolalik damlar ham,
Lekin hamon koʻzlari toʻla nam,
Eslar edi qiz yigitni har dam.

Yana qayta oʻsha bog’ yonida
Ketaverar qizaloq yoʻlida.
Nogoh toʻsib bir yigit yoʻlini,
Izhor qilib soʻradi qoʻlini.

Qizaloq jim turardi uyalib,
Ikki yuzi olmadek qizarib,
Axir nogoh izhor etgan yigit
Kelib chiqdi oʻsha yigit boʻlib.

Sevdi, sevdi yana qizaloq,
Koʻzlar toʻla quvonchli koʻz yosh.
Boʻldi-boʻldi endi kelinchak,
Sevgan baxti yonida endi.

Sevib qoldi u yigitni,
Ilk marta, birinchi bora.
Yigit ham sevar uni
Qizaloq sevgisidan koʻra. (x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!