🎵 Qoʻshiq matnlari

Lola - Xayr opajonim

1.8K marta oʻqildi
Lola - Xayr opajonim
Biz birga oʻsdik, hatto bir zumga ham
Ajralmas edik ikkimiz.
Opa-singil shoʻx, sirlashib, quvnoq,
Baxtli oʻtdi yoshligimiz.

Mana bugun sen oq libosni kiyib,
Kelin boʻlding – kuzatamiz.
Kim oʻylabdi, tez oʻtarkan yillar,
Sensiz huvillar uyimiz.

Xayr opajonim, endi oʻzga uyda qalbing,
Koʻzlaring hech boʻlmasin nam.
Xayr opajonim, sevimli yor boʻlgin,
Boʻlsin baxting tillodan.

Onam yigʻlaydi bosib bagʻriga,
Oʻzgalarga oʻrganar qanday?
Otam jilmayar, qoʻli koʻksida,
Achchiq koʻz yoshini bildirmay.

Xayr opajonim, endi oʻzga uyda qalbing,
Koʻzlaring hech boʻlmasin nam.
Xayr opajonim, sevimli yor boʻlgin,
Boʻlsin baxting tillodan. (x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!