🎵 Qoʻshiq matnlari

Ozoda Nursaidova - Ehtiyojim bor

3.9K marta oʻqildi
Ozoda Nursaidova - Ehtiyojim bor
Senga muhtoj boʻlmasam,
Kuyarmidi dardingda yurak?
Koʻzlarim izlar seni,
Unga sen kerak.
Endi yoʻqsan, kimga sigʻinay?
Hech narsam qolmadi, yodingdan boʻlak.

Alamlarim dor-dor,
Yurak senga zor-zor,
Koʻp qiynading jonim,
Senga ehtiyojim bor. (x2)

Sogʻinsa “oh” deya yonarkan yurak,
Koʻzingdan kaftimga tomarkan yurak.
Dunyoning bori-yu, yoʻgidan boʻlak,
Menga sen kerak, faqat sen kerak.

Bir boshimga ne qilay,
Ayt, yana qancha kuyay?
Har kuni bir oʻlgandan
Kelsang qoʻlingda oʻlay. (x2)

Alamlarim dor-dor,
Yurak senga zor-zor,
Koʻp qiynading jonim,
Senga ehtiyojim bor. (x2)

Yolgʻizlik azobi oʻldirdi meni,
Nahot taqdir ayri, yoʻlimiz ayri?
Yuragim seniki, senga muhtojman,
Har lahza ezarkan ayqiliq zaxri.

Bir boshimga ne qilay,
Ayt, yana qancha kuyay?
Har kuni bir oʻlgandan
Kelsang qoʻlingda oʻlay. (x2)

Alamlarim dor-dor,
Yurak senga zor-zor,
Koʻp qiynading jonim,
Senga ehtiyojim bor. (x3)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!