🎵 Qoʻshiq matnlari

Ulugʻbek Rahmatullaev - Layloyimsan

2.6K marta oʻqildi
Ulugʻbek Rahmatullaev - Layloyimsan
Yangrar dilim qoʻshigʻi,
Menman gulim oshigʻi,
Edim muxabbat hastasi,
Nafasim dard guldastasi, oshiqman.

Shoʻx eding, begʻam edim,
Dard eding alam edim,
Kuyingda men sado edim,
Koʻyingda men ado edim.

Layloyimsan, daryoyimsan,
Orzuyimda roʻyoyimsan.
Yuragim sof xavosi sen,
Oshufta qalb navosi sen.
Men oshigʻing, majnuningman,
Ham umrbod maftuningman.

Majnunu Layli bexabar,
Kezadurman, oh darbadar,
Mastu, parishonu, xarob,
Har orzuim boʻlib sarob,
Shoyatki, oxir-oqibat
Tiriltirsa bas muxabbat.

Boʻlib ishq ovorasi,
Sevgidan qalbim porasi,
Eding saodat shodasi,
Begʻubor kongil bodasi, oshiqman.

Moh eding, osmon edim,
Gul eding, boʻston edim,
Kuyingda men sado edim,
Koʻyingda men ado edim.

Layloyimsan, daryoyimsan,
Orzuyimda roʻyoyimsan.
Yuragim sof xavosi sen,
Oshufta qalb navosi sen.
Men oshigʻing, majnuningman,
Ham umrbod maftuningman.

Majnunu Layli bexabar,
Kezadurman, oh darbadar,
Mastu, parishonu, xarob,
Har orzuim boʻlib sarob,
Shoyatki, oxir-oqibat
Tiriltirsa bas muxabbat.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!