🎵 Qoʻshiq matnlari

Botir Qodirov - Diydor uchun

2.2K marta oʻqildi
Botir Qodirov - Diydor uchun
Dunyo goʻzal sen bor uchun,
Borsam baxtu ozor uchun-ey.
Men yashayman sogʻinchlarda
Bir lahzalik diydor uchun-ey.

Chinorning ostida oʻzim,
Qadrning pastida oʻzim,
Bosh egik, sargʻaydi yuzim
Bir lahzalik diydor uchun-ey.
Oʻzim har joydaman, koʻnglim sandadir-a,
Bir lahzalik diydor uchun-ey.

Kunlarni tunga ulayman,
Tushga kirar deb uxlayman. (x2)
Mayli undan soʻng oʻlay man
Bir lahzalik diydor uchun-ey. (x2)

Chinorning ostida oʻzim,
Qadrning pastida oʻzim,
Bosh egik, sargʻaydi yuzim
Bir lahzalik diydor uchun-ey.
Oʻzim har joydaman, koʻnglim sandadir-a,
Bir lahzalik diydor uchun-a.

Ayt sevgilim, mendekmisan,
Dardlarimga sherikmisan?
Balki sen ham tirikmisan
Bir lahzalik diydor uchun-ey. (x2)

Chinorning ostida oʻzim,
Qadrning pastida oʻzim,
Bosh egik, sargʻaydi yuzim
Bir lahzalik diydor uchun-ey.
Oʻzim har joydaman, koʻnglim sandadir-a,
Bir lahzalik diydor uchun-ey.

Ey, bir lahzalik diydor uchun-ey…
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!