🎵 Qoʻshiq matnlari

Shohjahon Joʻraev - Yomgʻir

2.2K marta oʻqildi
Shohjahon Joʻraev - Yomgʻir
Aldanganmi zor yigʻlar osmon,
Kiprigimga tomchilar ogʻir. (x2)
Darddan zada, qaygʻuga oshyon
Yuragimga sanchilar yomgʻir. (x2)

Boʻgʻzim uzra yonar qoʻrgʻoshin,
Zil koʻksimda tuygʻular ogʻrir.
Oʻz qoʻlim mushtlagan boshim
Bilmam nega siypalar yomgʻir,
Oh, oʻz qoʻlim mushtlagan boshim
Bilmam nega siypalar yomgʻir.

Yomgʻir, yomgʻir,
Yuragimga sanchilar yomgʻir.

Tor dunyoning toʻrt tomonida
Xiyonatlar yoygan keng tomir,
Nopoklarning kir tovonida
Asrolmayman, yanchilar yomgʻir.

Umr bir qur telbaning darsi,
Vujud avval, rux esa oxir.
Nomardlarning kasofat kasrin
Yuvib oʻtar farishta yomgʻir,
Nomardlarning kasofat kasrin
Yuvib yogʻar farishta yomgʻir.

Yomgʻir, yomgʻir,
Yuvib oʻtar farishta yomgʻir. (x2)
Yomgʻir, yomgʻir,
Yuragimga sanchilar yomgʻir.

Yuragimga sanchilar yomgʻir. (x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!