Ozodbek Nazarbekov - Bezovta boʻlar onam

Sendan soʻng hayotda qovrilib, qaynab,
Ona, xotirjam boʻl, yuribman oʻynab.
Hali ham akamni, opamni qiynab,
Boshida shamoli bordir bolangni.
Tushundim nelardan beziblar ketding,
Yarim yuragimni eziblar ketding.
Osmonim – bolam deb seziblar ketding,
Koʻklarda kamoni bordir bolangni.
Ona xotirjam boʻl…
Mendan uzoq ket qaygʻu,
Yaqinlashma endi gʻam.
Yengilsam hasratlarga,
Bezovta boʻlar onam. (x2)
Anduhlarga koʻmilib,
Koʻzyoshimga choʻmilib,
Qolsam tutday toʻkilib,
Bezovta boʻlar onam.
Qolsam tutday toʻkilib,
Bezovta boʻlar onam.
Hatto ruhi parvona,
Oromi yoʻq giryona.
Yigʻlasam tushimga kirib,
Bezovta boʻlar onam.
Ey dard, aylama bemor,
Tunlarim etib bedor.
Yuragim topsa ozor,
Bezovta boʻlar onam.
Koʻnglimda yonsa chiroq,
Bosgan yoʻlim boʻlsa oq,
Yursam bundan yaxshiroq
Ruhi tinch boʻlar onam.
Hatto ruhi parvona,
Oromi yoʻq giryona.
Yigʻlasam tushimga kirib,
Bezovta boʻlar onam.
Boʻlsa rangim zafaron,
Judolikdan bagʻrim qon.
Ruhi tegramda giryon
Bezovta boʻlar onam. (x2)
Hatto ruhi parvona,
Oromi yoʻq giryona.
Yigʻlasam tushimga kirib,
Bezovta boʻlar onam. (x2)
Yigʻlasam tushimga kirib,
Bezovta boʻlar onam. (x2)
Ona, xotirjam boʻl, yuribman oʻynab.
Hali ham akamni, opamni qiynab,
Boshida shamoli bordir bolangni.
Tushundim nelardan beziblar ketding,
Yarim yuragimni eziblar ketding.
Osmonim – bolam deb seziblar ketding,
Koʻklarda kamoni bordir bolangni.
Ona xotirjam boʻl…
Mendan uzoq ket qaygʻu,
Yaqinlashma endi gʻam.
Yengilsam hasratlarga,
Bezovta boʻlar onam. (x2)
Anduhlarga koʻmilib,
Koʻzyoshimga choʻmilib,
Qolsam tutday toʻkilib,
Bezovta boʻlar onam.
Qolsam tutday toʻkilib,
Bezovta boʻlar onam.
Hatto ruhi parvona,
Oromi yoʻq giryona.
Yigʻlasam tushimga kirib,
Bezovta boʻlar onam.
Ey dard, aylama bemor,
Tunlarim etib bedor.
Yuragim topsa ozor,
Bezovta boʻlar onam.
Koʻnglimda yonsa chiroq,
Bosgan yoʻlim boʻlsa oq,
Yursam bundan yaxshiroq
Ruhi tinch boʻlar onam.
Hatto ruhi parvona,
Oromi yoʻq giryona.
Yigʻlasam tushimga kirib,
Bezovta boʻlar onam.
Boʻlsa rangim zafaron,
Judolikdan bagʻrim qon.
Ruhi tegramda giryon
Bezovta boʻlar onam. (x2)
Hatto ruhi parvona,
Oromi yoʻq giryona.
Yigʻlasam tushimga kirib,
Bezovta boʻlar onam. (x2)
Yigʻlasam tushimga kirib,
Bezovta boʻlar onam. (x2)
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!