Manzura - Oʻngimda koʻray

Izlayman seni har zamon,
Qarab oqshomlar tomon,
Faslimda toʻla xazon.
Sogʻindingmi meni sen ham?
Bilsam topardim malham,
Kelsang gar bir bor koʻrsam.
Yurakkinamni tirnab unutdim dema,
Ogʻir botsa ham, rostini soʻzla.
Har nafasingni sezay, oʻngimda koʻray,
Kelgin jonginam, yaqining boʻlay.
Ne oʻylab, ne qaror qilay,
Dardimni kimga aytay,
Qanday gumonga boray?
Ikkilandim, yoʻq aniq yoʻl,
Kel ohim, yonimda boʻl,
Iqror tut qoʻlimga qoʻl.
Yurakkinamni tirnab unutdim dema,
Ogʻir botsa ham, rostini soʻzla.
Har nafasingni sezay, oʻngimda koʻray,
Kelgin jonginam, yaqining boʻlay.
Qarab oqshomlar tomon,
Faslimda toʻla xazon.
Sogʻindingmi meni sen ham?
Bilsam topardim malham,
Kelsang gar bir bor koʻrsam.
Yurakkinamni tirnab unutdim dema,
Ogʻir botsa ham, rostini soʻzla.
Har nafasingni sezay, oʻngimda koʻray,
Kelgin jonginam, yaqining boʻlay.
Ne oʻylab, ne qaror qilay,
Dardimni kimga aytay,
Qanday gumonga boray?
Ikkilandim, yoʻq aniq yoʻl,
Kel ohim, yonimda boʻl,
Iqror tut qoʻlimga qoʻl.
Yurakkinamni tirnab unutdim dema,
Ogʻir botsa ham, rostini soʻzla.
Har nafasingni sezay, oʻngimda koʻray,
Kelgin jonginam, yaqining boʻlay.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!