🎵 Qoʻshiq matnlari

Sarvar va Komil - Sensiz

1.6K marta oʻqildi
Sarvar va Komil - Sensiz
Bugun men yana keldim,
Senga uzoqdan termulib turibman.
Yoningga borgim kelyapti,
Yana oʻsha baxtli damlarimizga qaytgim kelyapti.
Afsus, bunga endi men haqsizman,
Chunki endi biz begonamiz.

Shoshilib-shoshilib yurak sening tomon
Gʻururimni sindirdi butkul.
Sogʻinib-sogʻinib sen ham meni bir bor
Yana yonimga qaytsang bir kun.

Qaniydi qora koʻzlaringga yana takror
Toʻyib-toʻyib qarolsam tinmay.
Qaniydi unutib mendan kechgan kuning
Yana yoningga qaytsam bir kun.
Qaniydi unutib mendan kechgan kuning
Yana yoningga qaytsam bir kun.

Qorongʻu yulduz, dunyo tor sensiz,
Yashash osonmas, ishon, osonmas.
Qanday, ayt, endi yasharman yolgʻiz?
Yuragim koʻnmas, yurak ishonmas.

Ojizman, seni unutish qoʻlimdan kelmadi.
Koʻp urindim, negadir hamma urinishlarim
Seni sogʻinaverish bilan yakunlanaverardi.
Bilasanmi, hozir qanchalar xohlayapman
Seni qaytarishni?
Sen esa, balki, meni unutib boʻlgandirsan,
Axir ayrilganimizga yillar boʻldi.
Shu onda senga bir gapni aytgim keladi:
Sensizlik osonmas ekan.

Koʻmilib-koʻmilib yurar dardga yana,
Qaygʻulardan ovunar tinmay.
Umidlarim soʻngan, sevgidan afsun boʻlib,
Yashayapman armonga koʻnmay.

Bilmadim bu yuraksiz taqdir
Seni mendan nega uzoqlarga olib ketar?
Yaqinda his etgan baxtli kunlar oʻrniga
Xotiralarni solib ketar?

Qorongʻu yulduz, dunyo tor sensiz,
Yashash osonmas, ishon, osonmas.
Qanday, ayt, endi yasharman yolgʻiz?
Yuragim koʻnmas, yurak ishonmas. (x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!