🎵 Qoʻshiq matnlari

Nilufar Usmonova - Chapaniginam oʻzbegim

1.5K marta oʻqildi
Nilufar Usmonova - Chapaniginam oʻzbegim
Erkaliging yarashgan,
Aytganidan qaytmagan,
Kamtarinlik, boʻyin egmas,
Chapaniginam – oʻzbegim!

Nonini boʻlishganginam,
Koʻngli toʻq, beozorginam,
Ham iymoni butunginam,
Chapaniginam – oʻzbegim!

Boshda doʻppi naqshi boʻlakcha,
Oppoq yaktak, belda qiyiqcha,
Yonbosh yotib boqar dalaga-yey,
Mehr berar yerga oʻzbegim.

Bir parcha yerga bermas ozor,
Daqiqasi oʻtmaydi bekor,
Duosida yurtin alqagan,
Mehnatsiz yashamas oʻzbegim.

Erkaliging yarashgan,
Aytganidan qaytmagan,
Kamtarinlik, boʻyin egmas,
Chapaniginam – oʻzbegim!

Nonini boʻlishganginam,
Koʻngli toʻq, beozorginam,
Ham iymoni butunginam,
Chapaniginam – oʻzbegim!

Andishani qoʻrqoq desalar,
Hurmatingga yuvosh desalar,
Seb eng buyuk unutma, xalqim,
Senday boʻlmas hech kim, oʻzbegim!

Kimga boqar? Senga boqsinda
Erta kelajak, quyoshli kun,
Sarboni bor karvon borarda,
Manzilni koʻzlagan buyuk kun.

Erkaliging yarashgan,
Aytganidan qaytmagan,
Kamtarinlik, boʻyin egmas,
Chapaniginam – oʻzbegim!

Nonini boʻlishganginam,
Koʻngli toʻq, beozorginam,
Ham iymoni butunginam,
Chapaniginam – oʻzbegim!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!