🎵 Qoʻshiq matnlari

Sardor Rahimxon - Yo Rab

2.5K marta oʻqildi
Sardor Rahimxon - Yo Rab
Dardi bedavo darbadaringman,
Sochilaman har tomon.
Yuzing istagim bir gʻaribingman
Ey, jonu-jahon.

Nazar sol yoron, rahm ayla boʻl oshkor,
Sensiz holim notavon.
Toʻzdim ishqingda har damda beqaror,
Ey, rafgʻul bayon.

Yo Rab, ishqingda yor kuymoqdaman
Diydoring tilab.
Yo Rab, yoʻqlarmisan, yoronim,
Bir bor erkalab? (x2)

Keldim eshigingga man talabi jamol,
Taʼzimdan boshim uzmay.
Ruhim tanda misli ofati shamol,
Tinch yotmagay.

Zikru-hayolim, maqsadim – oʻzing,
Huzuringga aylagin mahram.
Armonimdir qoshu-koʻzing,
Azob bersang chekarman malham.

Yo Rab, ishqingda yor kuymoqdaman
Diydoring tilab.
Yo Rab, yoʻqlarmisan, yoronim,
Bir bor erkalab? (x2)

Yo Rab, ishqingda yor kuymoqdaman
Diydoring tilab.
Yo Rab, yoʻqlarmusan, yoronim,
Bir bor erkalab? (x4)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!