Oxunjon Madaliyev - Yigʻladim

Yurakning bir bandi uzilgan kecha,
Asrlar singari choʻzilgan kecha, (x2)
Chimildiq ichida sening oʻrningda
Oʻzga bir kelinchak suzilgan kecha,
Yigʻladim, yigʻladim, yigʻladim
Yigʻladim, yigʻladim, yigʻladim.
Taqdirmu boshimda oʻynagan qamchi,
Sochingmu armonim uchgan argʻamchi,
Chorlagandek boʻlar kimdur olisdan
Nahotki, senmusan oʻshal aldamchi,
Bilmadim, bilmadim, bilmadim
Bilmadim, bilmadim, bilmadim.
Boshimni bogʻlashdi, bogʻlandim, jonim,
Qalbimni dogʻlashdi, dogʻlandim, jonim,
Sening huzuringa bormoqchi boʻlib
Necha bor chogʻlandim, chogʻlandim, jonim,
Bormadim, bormadim, bormadim
Bormadim, bormadim, bormadim
Bormadim, bormadim, bormadim.
Asrlar singari choʻzilgan kecha, (x2)
Chimildiq ichida sening oʻrningda
Oʻzga bir kelinchak suzilgan kecha,
Yigʻladim, yigʻladim, yigʻladim
Yigʻladim, yigʻladim, yigʻladim.
Taqdirmu boshimda oʻynagan qamchi,
Sochingmu armonim uchgan argʻamchi,
Chorlagandek boʻlar kimdur olisdan
Nahotki, senmusan oʻshal aldamchi,
Bilmadim, bilmadim, bilmadim
Bilmadim, bilmadim, bilmadim.
Boshimni bogʻlashdi, bogʻlandim, jonim,
Qalbimni dogʻlashdi, dogʻlandim, jonim,
Sening huzuringa bormoqchi boʻlib
Necha bor chogʻlandim, chogʻlandim, jonim,
Bormadim, bormadim, bormadim
Bormadim, bormadim, bormadim
Bormadim, bormadim, bormadim.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!