🎵 Qoʻshiq matnlari

Shahzoda - Ayirma

1.8K marta oʻqildi
Shahzoda - Ayirma
Yer yuzida qancha oshiqlar bedor,
Ushalmagan orzu, istak dogʻida.
Taqdir shu ekan deb koʻzlari xumor,
Mazmunsiz umrining yoʻllarida.

Ayirma, ey, taqdir, sevishgan dillarni,
Ular biri tan boʻlsa biri jon.
Ayirma, hey, taqdir, sevishgan dillarni,
Dunyoda kamayardi armon.

Xuddi qanotidan ayrilgan qushdek
Bir-biridan ayrilgan koʻngillar.
Taqdir shu ekan deb, kezib hayotda,
Birga boʻlolmasdan yigʻlaydi ular.

Ayirma, ey, taqdir, sevishgan dillarni,
Ular biri tan boʻlsa biri jon.
Ayirma, hey, taqdir, sevishgan dillarni,
Dunyoda kamayardi armon. (x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!