🎵 Qoʻshiq matnlari

Ozodbek Nazarbekov - Arazlab ketdi

1.3K marta oʻqildi
Ozodbek Nazarbekov - Arazlab ketdi
Xafa boʻlib bir zumda
Meni zor tashlab ketdi,
Dilim ham yomon shunda –
Yorim arazlab ketdi (x2)

Intizor koʻngil gʻarib,
Bir kunda qoldim qarib, (x2)
Borsammikan axtarib,
Yorim arazlab ketdi. (x2)

Tunlar oʻtar uyqusiz,
Xayotim his-tuygʻusiz. (x2)
Fayzi oʻchgan uy usiz –
Yorim arazlab ketdi (x2)

Huvillab qoldi bagʻir,
Ichgan suvim ham taxir, (x2)
Nimadir kamday axir –
Yorim arazlab ketdi (x2)

Yoʻl qarab kun ham botdi,
Bemadorday tong otdi, (x2)
Nima qilay bosh qotdi –
Yorim arazlab ketdi (x2)

Uyimning farishtasi,
Ozoda sarishtasi, (x2)
Tortib koʻngil rishtasin
Yorim arazlab ketdi (x2)

Xafa boʻlib bir zumda
Meni zor tashlab ketdi,
Tilim ham yomon shunda –
Yorim arazlab ketdi.

Tilim ham yomon shunda –
Yorim arazlab ketdi.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!