🎵 Qoʻshiq matnlari

Rayhon - Aldangan yurak

1.9K marta oʻqildi
Rayhon - Aldangan yurak
Nega bogʻim gul ochmaydi,
Nega holim oʻnglanmaydi,
Amalimni hech bir fayzi yoʻq?
Nega qalbim quvonmaydi,
Nega yaram yozilmaydi,
Dardlarimga hech bir davo yoʻq?

Aldangan yurak bermaydi darak,
Bu dunyoning zoʻri sensiz ne kerak?
Aldandi yurak, endi na demay,
Oh tortib tonaman, bagʻrim ming boʻlak.

(Qalbim yigʻlar) unda dodu-faryod oʻrtar,
(Dardim tigʻlar) sinab bagʻrimni. (x2)

Sevdim ammo sevilmadim,
Tilab diydor koʻrolmadim,
Behuzurman, yonib oʻcharman.
Yoʻlimni izlab topmadim,
Yaqinimga xush kelmadim,
Beqarorman, gulday soʻnarman.

Aldangan yurak bermaydi darak,
Bu dunyoning zoʻri sensiz ne kerak?
Aldandi yurak, endi na demay,
Oh tortib tonaman, bagʻrim ming boʻlak.

(Qalbim yigʻlar) unda dodu-faryod oʻrtar,
(Dardim tigʻlar) sinab bagʻrimni. (x2)

Aldangan yurak bermaydi darak,
Bu dunyoning zoʻri sensiz ne kerak?
Aldandi yurak, endi na demay,
Oh tortib tonaman, bagʻrim ming boʻlak.

(Qalbim yigʻlar) unda dodu-faryod oʻrtar,
(Dardim tigʻlar) sinab bagʻrimni. (x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!