Oxunjon Madaliyev - Nasibam

Bahor keldi boqqa, gulni yetaklab,
Quyosh chiqdi yer yuziga charaqlab,
Qalb daftarin ochdim maʼyus varaqlab,
Seni izlab nasibam, seni izlab.
Seni izlab nasibam, seni izlab.
Noming nola qilar bagʻrimni ezib,
Kelmaysanmi sogʻinganimni sezib? (x2)
Ketgim kelur butun yer yuzin kezib,
Seni izlab nasibam, seni izlab.
Seni izlab nasibam, seni izlab.
Koʻzlarimda yosh qalqiydi dengizdek,
Har bir ohim koʻkni qoplar yulduzdek,
Va turibman bu dunyoda yolgʻizdek,
Seni izlab nasibam, seni izlab.
Qalb daftarin sen ham ochib qolarsan,
Nomim oʻqib, yodinga ham olarsan,
Sevsang oʻzing bir kun topib kelarsan,
Meni izlab nasibam, meni izlab.
Meni izlab nasibam, meni izlab.
Quyosh chiqdi yer yuziga charaqlab,
Qalb daftarin ochdim maʼyus varaqlab,
Seni izlab nasibam, seni izlab.
Seni izlab nasibam, seni izlab.
Noming nola qilar bagʻrimni ezib,
Kelmaysanmi sogʻinganimni sezib? (x2)
Ketgim kelur butun yer yuzin kezib,
Seni izlab nasibam, seni izlab.
Seni izlab nasibam, seni izlab.
Koʻzlarimda yosh qalqiydi dengizdek,
Har bir ohim koʻkni qoplar yulduzdek,
Va turibman bu dunyoda yolgʻizdek,
Seni izlab nasibam, seni izlab.
Qalb daftarin sen ham ochib qolarsan,
Nomim oʻqib, yodinga ham olarsan,
Sevsang oʻzing bir kun topib kelarsan,
Meni izlab nasibam, meni izlab.
Meni izlab nasibam, meni izlab.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!