🎵 Qoʻshiq matnlari

Bojalar guruhi - Achchiq hayot

1 daqiqa 1.8K marta oʻqildi
Bojalar guruhi - Achchiq hayot
Toʻylar muborak, baxtli boʻlgin albat,
Sevgan yoringga munosib boʻl faqat.
Menga esa sabru toqat tila,
Axir mening yuragim qonga toʻla.

Achiq hayot, dil esa benajot,
Bevafolarning dastidan voy-dod.
Ketar boʻldim, man uchar boʻldim,
Osmonlarga man ketar boʻldim.

Bir qaraganda armonsizdaymiz,
Ammo yurak dodiga biz chidaymiz.
Yarangizni yangilash yoʻq niyat,
Buning barchasi oddiy haqiqat.

Kimdnidir yonida yor-dilbandi bor,
Ammo ular zarra mablagʻga zor.
Kimnidir davlati, qudrati zoʻr,
Unga topilmas bir merosxoʻr.

Achchiq hayot, dil benajot,
Achchiq, ayanchli hayot, inson umidi barbod.
Achchiq hayot, dil benajot,
Achchiq, ayanchli hayot, yashash qonuni shudir nahot?
Shudir nahot?

Mana bir misol: baxtim topdi zavol,
Sevib soʻng kuyib boʻldimku behol.
Muhabbatning qudratin anglamasdan,
Boylikka uchding-ketding oʻylamasdan.

Oʻzganing davlati senga changal,
Nahotki insondan oltin afzal?
Odamlar borin pulga qaratgan,
Pul insonni emas, inson pulni yaratgan!

Achchiq hayot, dil benajot,
Achchiq, ayanchli hayot, inson umidi barbod.
Achchiq hayot, dil benajot,
Achchiq, ayanchli hayot, yashash qonuni shudir nahot?
Shudir nahot?

Nolimayman, nolish gunoh erur,
Avvalo zamin uzra man borimga shukur.
Balki bu sinov, unda yoʻq ayov,
Inson umidi yonadi goʻyoki olov.

Halol nima, harom nima ajratolmasdan,
Yolgʻondan uyalmasdan, insofin ayamasdan,
Dunyoda odam yashar bir-biridan talashar,
Gunohim nima deb yana uyalmasdan soʻrashar.

Achchiq hayot, dil benajot,
Achchiq, ayanchli hayot, inson umidi barbod.
Achchiq hayot, dil benajot,
Achchiq, ayanchli hayot, yashash qonuni shudir nahot?

Armon-armon ketidan esa darmon,
Kelavermas sira-a, nega unaqa?
Oradan bir necha oy vaqt oʻtarda ketar,
Bagʻrimni yaralab telefon jiringlar:

Asalim, sogʻindim, koʻrishaylik deyabsan,
Ahmoq, qaysi dard bilan bezovtalanasan?
Endi seni ering bor, san boʻlajak ona,
Hech boʻlmasa vujudingdagi bolangni oʻyla!

(Achiq-achchiq, achchiq-ayanchli hayot,
Shudir nahot?
Achiq-achchiq, achchiq-dardli hayot-a…)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!