✍️ Sherlar

Bir doʻstim bor

4.9K marta oʻqildi
Bir doʻstim bor
Bir doʻstim bor jondan ham aziz,
Yuzi doim kulib turadi.
Unga hamma havasla boqar
uni shodlik yaxshi koʻradi.
Bir doʻstim bor qalblari otash,
Muhabbatga toʻlib yuradi.
Har lahzasi doim baxtiyor,
Uni baxt ham yaxshi koʻradi.
Bir doʻstim bor orzulari koʻp,
Orzusiga albat yetadi.
Chunki unga doim madadkor
Alloh uni yaxshi koʻradi.
Doʻstlari koʻp atrofida jam,
Suxbatiga shoshib yuradi.
Bir men desam mendan ham oʻtib
Uni hayot yaxshi koʻradi
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!