🎵 Qoʻshiq matnlari

Sherzod Bek feat. Oyxon Iforzoda - Bu taqdir

1.9K marta oʻqildi
Sherzod Bek feat. Oyxon Iforzoda - Bu taqdir
[Oyxon Iforzoda]
Koʻzlaringdan uzoqlashsam ham,
Koʻnglingdan sening ketish mushkuldir.
Tuygʻularim tongday muazzam,
Ishq qalbimdan ufurgan guldir.

[Sherzod Bek]
Xotiralar oʻtmishdan elchi,
Sevmoq – hurlik taxtidir.
Bu dunyoni asrab turuvchi
Odamzodning ishqidir.
[Oyxon Iforzoda]
Bilgin jonim, bu taqdir.

[Sherzod Bek]
Ishonib yoshga boʻlmagin tushkun,
Suyangin bardoshga, qilgin tabassum.
[Oyxon Iforzoda]
Ishonarman gar, kechma orzudan,
Kechirma meni, lek kechmagin mendan.

[Sherzod Bek & Oyxon Iforzoda]
Xotiralar oʻtmishdan elchi,
Sevmoq – hurlik taxtidir.
Bu dunyoni asrab turuvchi
Odamzodning ishqidir.
Bilgin jonim, bu taqdir.

[Sherzod Bek]
Koʻzlaringdan uzoqlashsam ham,
Koʻnglingdan sening ketish mushkuldir.
[Oyxon Iforzoda]
Tuygʻularim tongday muazzam,
Ishq qalbimdan ufurgan guldir.

[Sherzod Bek]
Sevmoq – hurlik taxtidir.

[Sherzod Bek & Oyxon Iforzoda]
Bilgin jonim, bu taqdir.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!