🎵 Qoʻshiq matnlari

Munisa Rizayeva - Ota-ona

3K marta oʻqildi
Munisa Rizayeva - Ota-ona
Quvonchim bu dunyoda, ishonchim bu dunyoda,
Sababkorim, tanda jonim, onajonim, otajonim.
Tayanchim bu dunyoda, suyanchim bu dunyoda,
Sizlar bor yoʻq armonim, onajonim, otajonim.

Mening bu dunyodagi baxtim – otamu onam,
Yaratgandan inʼom taxtim, nurli peshonam.

Yaratgandan inʼom taxtim, fayzli koshonam.

Bir lahza tinmadingiz meni deb, meni deb,
Charchoqni bilmadingiz meni deb, meni deb.
Daryodek keng qalbingiz men uchun, men uchun,
Togʻlarga teng mehringiz men uchun, men uchun.

Siz bilan mangu obodman, mehribon onam,
Siz bilan magʻrurman, shodman, har qachon otam.
Mening bu dunyodagi baxtim – otamu onam,
Yaratgandan inʼom taxtim, nurli peshonam.

Mening bu dunyodagi baxtim – otamu onam,
Yaratgandan inʼom taxtim, nurli peshonam.
Mening bu dunyodagi baxtim – otamu onam,
Yaratgandan inʼom taxtim, fayzli koshonam.

Boshimda parvona, dard kelsa mardona,
Men uchun bir olam onajon,
Siz cheksiz imkonim, siz tiniq osmonim,
Siz mening tinch onim otajon.

Mening bu dunyodagi baxtim – otamu onam,
Yaratgandan inʼom taxtim, nurli peshonam.
Mening bu dunyodagi baxtim – otamu onam,
Yaratgandan inʼom taxtim, fayzli koshonam.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!