🎵 Qoʻshiq matnlari

Ozodbek Nazarbekov - Sening darding

1.5K marta oʻqildi
Ozodbek Nazarbekov - Sening darding
Agar men har qayon boʻlsam, koʻngil sendan judo boʻlmas,
Agar ming yil navo qilsam, sening darding ado boʻlmas. (x2)

Tilarman vaslini tinmay, necha yillar yurib sarson, (x2)
Borib ayting, oʻshal yorga, judoliqdek balo boʻlmas. (x2)

Xaloyiqlarki ayturlar, bu dardingga davo yoʻqtur,
Oʻzidin oʻzga, ey doʻstlar, menga hech bir davo boʻlmas.
Oʻzidin oʻzga, ey doʻstlar, menga hech bir davo boʻlmas.

Manam Mashrab kecha kunduz, firoq dardida yigʻlarman, (x2)
Magar maʼshuq yuzin koʻrmoq bu dunyoda ravo boʻlmas. (x2)

Agar men har qayon boʻlsam, koʻngil sendan judo boʻlmas,
Agar ming yil navo qilsam, sening darding ado boʻlmas.

Sening darding ado boʻlmas…
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!