🎵 Qoʻshiq matnlari

Ummon - Alvido

1 daqiqa 1.4K marta oʻqildi
Ummon - Alvido
Alvido, sogʻinchga yoʻq davo.
Sabrga yoʻq toqat, tomogʻingdan ovqat
Oʻtmay qoʻyar ekan kelganda yolgʻizlik.
Ketganda bevafo, yetmas ekan hatto havo.
Alvido!

Alvido, chaqirmaydi qoʻngʻiroq,
Suhbat qurishga yoʻq yaqin, yoʻq yiroq.
Faqatgina xonam uzra sochilib yotadi suratlaring,
Va qarab turgan koʻzlaring.

Kechagi kun, hech qachon boʻlmas bugun,
Ertangi kun, hech qachon boʻlmas kecha.
Qachongacha sevding yuraging tubigacha?
Kechir mani, tegib ketgan boʻlsam joninggacha.

Daraxt edim, barglari toʻkilayotgan,
Ketib ildizimdan tortding, nozik nuqtamni bilgan.
Qachonlardir gullab turar edik ikkimiz,
Hatto toʻgʻri kelmasa ham.

Alvido, koʻzlari qoram, soʻzlari donam,
Ketar boʻldi bevafo.
Alvido, koʻzlari qoram, yetmadi nolam,
Ketar boʻlding bevafo.

Yuragimda sendan qolgan jarohat,
Sen bilan birga ketdi halovat,
Bir-birimizga yozmay qoʻydik tunlar xat. (x2)

Alvido-alvido-alvido…

Alvido, hali sogʻinasan kelib bir kun,
Yorug’ kunlaringni yopganda qora tun.
Qoʻllarimni sogʻinganida qoʻllaring,
Oʻshanda manga aytgan soʻzlaringni eslagin.

Kichkina xato hech qachon boʻlmas katta,
Katta xato hech qachon boʻlmaydi kichkina.
Kimdir katta xatolarni kechiradi,
Kimdir kichkinasini ham kechirolmaydi.

Alvido, senga faqat tilayman omad,
Sen esa mening omadimdan kuyarding faqat.
Agarda mayda-chuyda narsalar boʻlsa sabab,
Oʻzga choram yoʻq, tilashdan ortiq senga baxt.

Alvido, vaqt oʻtib ketdi bir zumda,
Endi hech qachon kutmayman derazang tagida.
Oldin har kun kutardim, koʻray deb koʻzlaring,
Bugun bilsam, menga hatto qolmabdi soʻzlaring.

Alvido, koʻzlari qoram, soʻzlari donam,
Ketar boʻldi bevafo.
Alvido, koʻzlari qoram, yetmadi nolam,
Ketar boʻlding bevafo.

Yuragimda sendan qolgan jarohat,
Sen bilan birga ketdi halovat,
Bir-birimizga yozmay qoʻydik tunlar xat. (x2)
Alvido…
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!