🎵 Qoʻshiq matnlari

Sherzod Bek - Goʻzal sevgim

1.2K marta oʻqildi
Sherzod Bek - Goʻzal sevgim
Oydek goʻzal vasling tomon talpinar
Mening begʻubor, goʻzal sevgim.
Sirli nigohlaring olovdek yoqar,
Mening umidvor, goʻzal sevgim.
Umidvor, goʻzal sevgim.

Vasling yiroq boʻlsa ham,
Ishqing men uchun firoq boʻlsa ham,
Sen qalbimda yagona, yolgʻizim
Boʻlib qolasan.

Mendan yiroq boʻlsang ham,
Vasling men uchun sarob boʻlsa ham,
Sen olamda bebaho, azizam
Boʻlib qolasan.

Poylayman seni har on,
Sensiz qorongʻu menga bu osmon,
Hattoki gullar ham sensiz xazon. (sensiz xazon)
Agar yonimda boʻlsang,
Ziyoga toʻlar qorongʻu osmon,
Hattoki xazon gullar shu on.
Hattoki xazon gullar shu on.

Vasling yiroq boʻlsa ham,
Ishqing men uchun firoq boʻlsa ham,
Sen qalbimda yagona, yolgʻizim
Boʻlib qolasan. (x2)

Mendan yiroq boʻlsang ham,
Vasling men uchun sarob boʻlsa ham,
Sen olamda bebaho, azizam
Boʻlib qolasan.

Sen olamda bebaho, azizam
Boʻlib qolasan.
Men begʻubor sevgingdan umidvor…
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!