Azim Mullaxonov - Shaytanat

Hayot gulzor, deya kezdim,
Tikonlari chiqdi yoʻldan.
Na-da tikonlari, turfa ilonlari
Chiqdi yoʻldan.
Tilindi qalb, shilindi til,
Baloyi nafs boʻldi gʻolib.
Qimorga boy berildi or,
Pushmonlari chiqdi yoʻldan. (x2)
Koʻngil berdim yora, nogoh,
Axtarib ming tasallolar.
Zaharxanda qildi agʻyor,
Yomonlari chiqdi yoʻldan.
Zaharxanda qildi agʻyor-ey,
Yomonlari chiqdi yoʻldan.
Zamon Haqqa tegishli deb,
Necha fursat qildim sabr,
Chektirib oh, necha sohib
Zamonlari chiqdi yoʻldan.
Umr qismat, dedim, balki
Peshonamga yozilgay,
Xudo urgan shaytanatning
Shaytonlari chiqdi yoʻldan. (x2)
Tikonlari chiqdi yoʻldan.
Na-da tikonlari, turfa ilonlari
Chiqdi yoʻldan.
Tilindi qalb, shilindi til,
Baloyi nafs boʻldi gʻolib.
Qimorga boy berildi or,
Pushmonlari chiqdi yoʻldan. (x2)
Koʻngil berdim yora, nogoh,
Axtarib ming tasallolar.
Zaharxanda qildi agʻyor,
Yomonlari chiqdi yoʻldan.
Zaharxanda qildi agʻyor-ey,
Yomonlari chiqdi yoʻldan.
Zamon Haqqa tegishli deb,
Necha fursat qildim sabr,
Chektirib oh, necha sohib
Zamonlari chiqdi yoʻldan.
Umr qismat, dedim, balki
Peshonamga yozilgay,
Xudo urgan shaytanatning
Shaytonlari chiqdi yoʻldan. (x2)
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!