🎵 Qoʻshiq matnlari

Botir Qodirov - Topdim

1.7K marta oʻqildi
Botir Qodirov - Topdim
Mehribonim, men sizni topdim.
Xazonrez bogʻlarning kuzli, ayozli,
Huvildoq tunlari yomgʻir, shamolli,
Hurlikdan iyigan umidlar ichra
Men sizni topdim.
Topdim, derazamga kakliklar qoʻndi,
Sayradi, sayradim jon chiqar qadar.
Doʻl yoqqan qahraton, muzli kechalar,
Bebahor gulladim, barg yozdim samar.
Mehribonim, men sizni topdim,
Qadrdonim, men sizni topdim.
Mehribonim, bu ne koʻrgulik, ne savdo?
Bu shirin jonimdan oʻkinmay toldim.
Bu ne saodat, bu nechuk yolgʻon?
Oʻz qonimni oʻzim ichimda qondim.
Izlay-izlay men sizni topdim.
Topmasam koʻzlarim yoʻlga toʻkardim,
Har zarra tuproqni sizlab oʻtardim.
Bu yorug’ dunyodan nursiz, benavo,
Izillab-izillab izlab oʻtardim.
Mehribonim, men sizni topdim,
Qadrdonim, men sizni topdim. (x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!