🎵 Qoʻshiq matnlari

Nasiba Abdullaeva feat. Farrux Zokirov - Kel

2.8K marta oʻqildi
Nasiba Abdullaeva feat. Farrux Zokirov - Kel
[Farrux Zokirov]
Qaydasan azizim, qora koʻzligim,
Sevgilim, yulduzim, shirin soʻzligim.
Qoʻlimda senga deb suzilgan sharob,
Koʻzlarim yoʻlingda, anor yuzligim.
[Nasiba Abdullaeva]
Qoʻlingda menga deb suzilgan sharob,
Koʻzlarim yoʻlingda, shirin soʻzligim.
[Farrux Zokirov]
Kel, kel, gulyor aytib kel,
Yangrasin har yon.
[Nasiba Abdullaeva]
Dilnavo kuyingga toʻlsin osmon, a-a.
[Nasiba Abdullaeva]
Kel, vafo ramzini kuyga solib kel,
Dalalar nafasin birga olib kel.
Boʻyingdan gurkirab tursin xonamiz,
Kel, bahor singari xandon solib kel.
[Farrux Zokirov]
Boʻyingdan gurkirab tursin xonamiz,
Kel, bahor singari xandon solib kel.
[Nasiba Abdullaeva]
Kel, kel, gulyor aytib kel,
Yangrasin har yon.
[Farrux Zokirov]
Dilrabo kuyingga toʻlsin osmon, a-a.
[Farrux Zokirov & Nasiba Abdullaeva]
Dilrabo kuyingga toʻlsin osmon, a-a.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!