🎵 Qoʻshiq matnlari

Alisher Fayz - Yolgʻon ekanku

2.1K marta oʻqildi
Alisher Fayz - Yolgʻon ekanku
Janon, qaro qoshing sening kamon ekanku,
Oʻsma qoʻygan deb edilar, yolgʻon ekanku!
Qarashlaring yuragimga ishq oʻti soldi,
Sevgi dardi yurak uchun yomon ekanku.
Janon, qaro qoshing sening kamon ekanku.
Necha tunlar visolingni qoʻmsab yondim,
Qalbni tirnar zoʻr narsasi hijron ekanku.
Sogʻinganda chidolmasdan koʻz yoshim ravom,
Visol fasli oshiq uchun davron ekanku.
Janon, qaro qoshing sening kamon ekanku.
Kel, boshlayin gulzorima, gullar teraylik,
Bilib oldim, sevgan guling rayhon ekanku.
Sevganingla sayr aylasang vafo bogʻini,
Muhabbatning barcha yoʻli ravon ekanku.
Janon, qaro qoshing sening kamon ekanku,
Bilib oldim, sevgan guling rayhon ekanku.
Visol fasli oshiq uchun davron ekanku,
Janon, qaro qoshing sening kamon ekanku.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!