🎵 Qoʻshiq matnlari

Sevara Nazarkhan - Ulugʻimsan Vatanim

2.8K marta oʻqildi
Sevara Nazarkhan - Ulugʻimsan Vatanim
Men dunyoni nima qildim,
Oʻzing yorug’ jahonim,
Oʻzimga bek, oʻzim sulton,
Sen taxti Sulaymonim.
Yolgʻizim, yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi,
Oʻzing mening ulugʻlardan
Ulugʻimsan.
Sen Xoʻjandsan, chingizlarga
Darvozasin ochmagan,
Temur Malik orqasidan
Sirdaryoga sakragan.
Muqannasan qorachigʻi
Olovlarga sachragan,
Shiroqlarni koʻrgan choʻpon
Choʻligʻimsan, Vatanim.
Shodon kunim gul otgan sen,
Nolon kunim yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga,
Singlim deymi, onammi,
Iligʻimsan, Vatanim, oʻzingsan.
Sen – shoxlari osmonlarga
Tegib turgan chinorim oʻzingsan,
Ota desam, qizim deb,
Bosh egib turgan oʻzing,
Ulugʻimsan, Vatanim.
Kim Qashqarni qildi makon,
Kim Enasoy tomonda,
Jaloliddin – Kurdistonda,
Boburing – Hindistonda.
Bu qanday yuz qarolig’ deb,
Yotarlar zimistonda,
Tarqab ketgan toʻqson olti
Urugʻimsan, Vatanim.
Qizim desang osmonlarga
Gʻirot boʻlib uchgayman,
Chambil yurtda Alpomishga
Qayliq boʻlib tushgayman.
Padarkushdan pana qilib,
Ulugʻbeging quchgayman,
Gʻichir-gʻichir tishimdagi
Soʻligʻimsan, Vatanim.
Shodon kunim gul otgan sen,
Nolon kunim yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga,
Singlim deymi, onammi,
Iligʻimsan, Vatanim, oʻzingsan.
Sen – shoxlari osmonlarga
Tegib turgan chinorim oʻzingsan,
Ota desam, qizim deb,
Bosh egib turgan oʻzing,
Ulugʻimsan, Vatanim. (x2)
Ulugʻimsan…
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!