🎵 Qoʻshiq matnlari

Ozodbek Nazarbekov - Qoshingiz qarosimu

2.7K marta oʻqildi
Ozodbek Nazarbekov - Qoshingiz qarosimu
Dilmi, dilimni oʻynatar, yor,
Qoshingiz qarosimu?
Tilmi, tilimni soʻylatar, yor,
Koʻzingiz charosimu?
Bunchalik shoʻx boʻlmasalar,
Buncha anor boʻlmasa yuz, (x2)
Bular husn zebimi yo
Jazmaningiz jazosimu? (x2)
Buncha dilimga otadur
Kiprik oʻqin kamoningiz, (x2)
Maʼshuqaning oshigʻiga
Nozimi bu jafosimu?
Nigohingiz tushsa agar
Lovullagay koʻkda quyosh,
Maning kabi u ham yonib,
Jamolingiz adosimu?
Oʻlmasingiz sizni deya
Gʻazal yozishdan tolmagʻay, (x2)
Oshiq ekanmu bilmadim
Yoki nazm fidosimu? (x2)
Dilmi, dilimni oʻynatar, yor,
Qoshingiz qarosimu?
Qoshingiz qarosimu?
Qoshingiz qarosimu?
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!