✍️ Sherlar

Shu soʻzlarin eshitmay oʻlsam haqida sher

4.2K marta oʻqildi
Shu soʻzlarin eshitmay oʻlsam haqida sher
Eh koʻzimga toʻldi yosh,
Yigʻlolmasam netayin?
Visolingga qalamqosh,
Yetolmasam netayin?
Shuncha sevib bir seni,
Aytolmadim netayin?
Bugun koʻzda yoshingni,
Artolmadim netayin?
Koʻzlarimga boqolmay,
Deding toʻyim boʻlyabdi,
Otam meni eshitmay,
Bir yigitga beryabdi.
Qanidi kar boʻlib qolsam,
Soʻzlaringni eshitmay qolsam,
Eh qanidi mening jonginam,
Shu soʻzlarin eshitmay oʻlsam!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!