Ummon - Kechalar

1.1K marta oʻqildi
Ummon - Kechalar
Soʻrama holing ne kechmoqda deb,
Soʻrama ne boʻldi senga deb.
Hamon qara, yolgʻizman bir oʻzim,
Qorongʻu xona, yoʻq na yor, na doʻstim.
Sen ketgan kundan beri
Yolgʻizlik azobi sindirdi-ku meni,
Sen mendan ketgan kundan beri
Ovundim, lek unuta olmadim seni.
Oydin kechalar,
Seni oʻylab oʻtdi bu kechalar,
Dardimni biladi faqat kechalar,
Sen haqingda aytib berdim nechalar. (x2)
Koʻrdingmi mana boʻldi endi kech,
Oldinga qara, ortda qolsin bu yer.
Faqat qaytib kelma, menga hech kim kerakmas,
Sen ketib yoshlik oʻtdi olmay nafas.
Sen ketgan kundan beri
Yolgʻizlik azobi sindirdi-ku meni,
Sen mendan ketgan kundan beri
Urindim, lek unuta olmadim seni.
Oydin kechalar,
Seni oʻylab oʻtdi bu kechalar,
Dardimni biladi faqat kechalar,
Sen haqingda aytib berdim nechalar. (x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Shu mavzuda