Bojalar guruhi - Jamshid

1.2K marta oʻqildi
Bojalar guruhi - Jamshid
Osharga ham, hasharga ham borasan,
Hazillashib chaqirsa ham borasan,
Ey, bitta ogʻiz shirin soʻzli bolasan-ey,
Jamshid (hey, Jamshid).
Yozda issiq, qishda sovuq bilmading,
Kasal boʻlib bahona ham qilmading,
Boʻydoq yurganda ham “gulyat” qilmading-ey,
Jamshid (hey, Jamshid).
Hamma sani biladi-yu, san oʻzingni bilmaysan, Jamshid,
(Ha, ha, ha, ha Jamshid)
Yaxshini ham, yomonni ham oshna bilasan-ey, Jamshid.
(Ha, ha, ha, ha Jamshid)
Hilolani Fargʻonaga kuzatding,
Zubaydani Xorazmga kuzatding,
Yor-yor aytib qancha qizni uzatding-ey,
Jamshid, voy-yo Jamshid.
Qarzing Xitoydagi odamdan ham koʻp,
Saqich, qurut, pista, bodomdan ham koʻp,
Ey, Captiva-yu, Malibular Photoshop,
Jamshid (hey boʻlmabdi-ey, Jamshid).
Hamma sani biladi-yu, san oʻzingni bilmaysan, Jamshid,
(Ha, ha, ha, ha Jamshid)
Yaxshini ham, yomonni ham oshna bilasan-ey, Jamshid.
(Ha, ha, ha, ha Jamshid)
Telegramda gruppalarni qiynading,
Kuchsizlarning ustidan sen kulmading,
Toʻylarda-chi “medlyak”ga ham oʻynading-ey,
Jamshid (hey, gazni bos, Jamshid).
Hamma sani biladi-yu, san oʻzingni bilmaysan, Jamshid,
(Ha, ha, ha, ha Jamshid)
Yaxshini ham, yomonni ham oshna bilasan-ey, Jamshid.
(Ha, ha, ha, ha Jamshid)Bojalar guruhi - Jamshid
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Shu mavzuda