Muhriddin Xoliqov - Toparman

1.8K marta oʻqildi
Muhriddin Xoliqov - Toparman
Sochlari dengizni toparman,
Olamda tengsizni toparman,
Oʻzimni yoʻqotsam, yoʻqotgum,
Bir kuni men seni toparman.
Oʻzimni yoʻqotsam, yoʻqotgum,
Bir kuni men seni toparman.
Maysani quchadi yomgʻiri,
Zuhroni oʻpadi Tohiri, (x2)
Men senga yetarman oxiri,
Bir kuni men seni toparman. (x2)
Falakda yulduzlar topishgay,
Yurakda kunduzlar topishgay, (x2)
Sevishgan bu dillar topishgay,
Baribir seni toparman.
Tayindir bir kuni bormogʻim,
Sochingni silaydi barmogʻim, (x2)
Hilolni kuydirib har ohim,
Bir kuni men seni toparman. (x2)
Bir kuni men seni toparman,
Baribir seni toparman.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Shu mavzuda