🎵 Qoʻshiq matnlari

Madina Mumtoz - Ey yor

1.8K marta oʻqildi
Madina Mumtoz - Ey yor
Ey yor, ishqim seni devona qilsin,
Mayxonalar ichra mastona qilsin. (x2)
Kunduzlar boʻlmasin-ey tinching, oroming-ey,
Tunlar bahobingdan begona qilsin. (x2)
Ey yor, ishqim seni devona qilsin.
Visol istab sen ham Majnun misoli
Ovora boʻl, dunyo afsona qilsin.
Bu goʻzal gulzoru, bogʻu chamanda, dod,
Bulbuldek nolishing giryona qilsin. (x2)
Ey yor, ishqim seni devona qilsin.
Olov ishqim sening bagʻring oʻrtasin,
Devona darvishga hamxona qilsin. (x2)
Koʻksingni kuydirsin ishq oʻti toki
Ovora boʻl, doʻstlar afsona qilsin.
Bir yonda sensan-u bir yonda menman-o,
Muhabbat ikkimiz bir yona qilsin.
Ey yor, ishqim seni devona qilsin, (x2)
Mayxonalar ichra mastona qilsin. (x2)
Ey yor, ishqim seni devona qilsin,
Mayxonalar ichra mastona qilsin.
Muhabbat ikkimiz bir yona qilsin.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!