Nargiz - Nargiz

Men yuzi koʻzgusiga soyangiz tushgan Nargiz,
Koʻzim nigoron boʻlib, xayolim uchgan Nargiz.
Goʻyo topdim muhabbat gulshanidan bir maskan, aha-hey,
Oʻsha men – har kecha yor suratin quchgan Nargiz.
Oh hargiz, xabar olmaysiz hargiz,
Xabar olmaysiz hargiz.
Garchi gulzorda koʻpdir ziynat topgan lolalar,
Siz uchun guldastadir orziqib kutgan Nargiz.
Fosh etolmay, sevgisin yashirib gulshan aro, aha-hey,
Men oʻsha – bilarsiz deb gʻamlarni yutgan Nargiz.
Oh hargiz, xabar olmaysiz hargiz,
Xabar olmaysiz hargiz.
Kelib koʻrsin, zulfimning zarri parishon, netay,
Man ham ul kabi zorman, oʻzin unutgan Nargiz.
Komiljon baxshi erur ruhi xayron Nargizga, aha-hey,
Jon sadqa joningizga, yoʻlingiz kutgan Nargiz.
Oh hargiz, xabar olmaysiz hargiz,
Xabar olmaysiz hargiz. (x2)

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!