🎵 Qoʻshiq matnlari

Otabek Muhammadzohid - Mayli telba denglar

4.8K marta oʻqildi
Otabek Muhammadzohid - Mayli telba denglar
Uzatdilar bahorni yozga,
Ammo bahor sevardi kuzni.
Yosh tanlamas ekan muhabbat,
Kuz ham jondan sevardi qizni.
Bir umrga kuydirib oʻtdi,
Gul-bahorni gʻamga qoʻyib yoz.
U yoqda-chi kuzni tergarlar,
Muhabbatdan ochma deb ovoz.
Essiz, essiz umr,
Essiz umr oʻtdi hijronda.
Muhabbatga tekkanmi qargʻish,
Bahor yigʻlar yoz-saratonda,
Kuzni esa quchar sovuq qish.
Bu pishmas savdomi deb yuboraman,
Chorasiz qolganda ishq bozorida.
Umidvor, lek qalbi tilka-poraman,
Bir hikmat bor deya yor ozorida. (x2)
Mayli telba denglar, mayli devona,
Nahot sevgi gunoh, bizlar gunohkor?
Gulni bulbuliga aylab begona,
Kimning koʻngli toʻlar, kimga qanday kor?
Ichimga toʻldirib hasrat dogʻlarin,
Jim nurab boryabman dilga bildirmay.
Koʻksimni kuydirgan hijron chogʻlarin
Dilimga aytaymi, gulimga aytay?
Yo kutib oʻtaymi yo kechib ketay,
Aro yoʻlda qoldim, bir jonim bilan.
Oldimda ikki yoʻl, qay birin tutay,
Yo ortga qaytaymi armonim bilan?
Mayli telba denglar, mayli devona,
Nahot sevgi gunoh, bizlar gunohkor?
Gulni bulbuliga aylab begona,
Kimning koʻngli toʻlar, kimga qanday kor?
Hoy, men sening qora sochingga emas,
Qorday oq koʻnglingga bogʻlanib qoldim.
Netay, netay senla hech xayrlashgim kelmas,
Alvido demoqqa yoʻqdir qarorim, yoʻq qarorim.
Mayli telba denglar, mayli devona,
Nahot sevgi gunoh, bizlar gunohkor?
Gulni bulbuliga aylab begona,
Kimning koʻngli toʻlar, kimga qanday kor? (x2)
Mayli telba denglar…
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!