🎵 Qoʻshiq matnlari

Ummon - Ming afsus

1.4K marta oʻqildi
Ummon - Ming afsus
Sen unga ishonma zinhor,
Uning sevgan yori bor.
Soʻzlariga ilinmagin,
Yosh umringni qilib xor.
Seni sevaman deydi,
Sensiz hayot yoʻq deydi.
Sen unga ishonma zinhor,
Qoʻllaridagi gullar
Bu shunchaki yolgʻon izhor,
Keladi oʻnlab maktublar.
Seni sevaman deydi,
Sensiz hayot yoʻq deydi.
Negadir soʻzlarimga qilmadi u parvo,
Negadir u bilan yuribdi bogʻlar aro.
Negadir qizning qoʻllarida oʻsha gullar,
Yuzida kulgular.
Ming afsus, berib boʻlding koʻngil,
Ming afsus, yurakka sigʻmas qil.
Ming afsus, berib boʻlding-ku dil,
Ming afsus, yurakka sigʻmas qil.
Sen unga ishonding, afsus,
Bahor oʻtib keldi kuz,
Koʻzlaringdagi bu yoshlar
Uni qaytarmas, afsus.
Uni sevaman deysan,
Usiz hayot yoʻq deysan.
Koʻzlaringdan yoʻqoldi nur,
Qani yuzingda kulgular?
Sabr tugadiku butkul,
Sanga u havodek zarur.
Uni sevaman deysan,
Usiz hayot yoʻq deysan.
Negadir soʻzlarimga qilmadi u parvo,
Negadir u bilan yuribdi bogʻlar aro.
Negadir qizning qoʻllarida oʻsha gullar,
Yuzida kulgular.
Ming afsus, berib boʻlding koʻngil,
Ming afsus, yurakka sigʻmas qil.
Ming afsus, berib boʻlding-ku dil,
Ming afsus, yurakka sigʻmas qil.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!