🎵 Qoʻshiq matnlari

Farhod va Shirin - Shaq-shaqi

2.2K marta oʻqildi
Farhod va Shirin - Shaq-shaqi
Shaq-shaqi dandoning oʻzim,
Chaq-chaqi xandoning oʻzim. (x4)
Koʻz tutaman yoʻllaringga,
Dil tutaman qoʻllaringga. (x2)
Gul koʻraman boʻylaringda,
Jon beraman koʻylaringda. (x2)
Koʻz tutganda kelarmisan,
Dardi-holim bilarmisan? (x2)
Yorim desang yoningdaman,
Jonim desang joningdaman. (x2)
Shaq-shaqi dandoning oʻzim,
Chaq-chaqi xandoning oʻzim. (x4)
Sazovoring boʻlay man,
Vafodoring boʻlay man,
Ishqing bilan jon chekib,
Giriftoring boʻlay man.
Dardingni olay oʻzim,
Toʻrvaga solay oʻzim,
Toʻrva teshilib ketsa,
Darding qoʻshilib ketsa.
Jonim, berilib oʻyna,
Koʻzim toʻyib ulgursin,
Sani yomon deganlar
Tom ustida yugursin.
Shaq-shaqi dandoning oʻzim,
Chaq-chaqi xandoning oʻzim. (x4)
Anorim dona boʻldi,
Dona-yagona boʻldi,
Yor boʻyini koʻrganda
Aqlim begona boʻldi. (x2)
Anorni dona qilding,
Mani devona qilding,
Boʻylaringni koʻrsatib,
Baxtim nishona qilding. (x2)
Anorim dona boʻldi,
Dona-yagona boʻldi,
Yor boʻyini koʻrganda
Aqlim begona boʻldi. (x2)
Anorni dona qilding,
Mani devona qilding,
Boʻylaringni koʻrsatib,
Baxtim nishona qilding. (x2)
Chiq-chiqi dandonim oʻzing,
Liq-liqi larzonim oʻzing. (x4)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!