🎵 Qoʻshiq matnlari

VIA Sharq - Palov

1.8K marta oʻqildi
VIA Sharq - Palov
Sehr toʻla shoh taomda,
Dasturxonim hikmati,
Palov otlig’ moʻjizaning
Budir asl sharbati.
Sariq kokil erkatoyim –
Qozonga tush sabzixon,
Sening xushboʻy zirvagingga
Qaynasin butun jahon.
Bagʻrimizga marhabo,
Marhabo-yu marhabo,
Na-na-na-na-na-na-na-hey.
Voh-voh palov-palov,
Dil sirdoshidir olov,
Oshpazning mehri bilan
Dunyoga kelar palov. (x2)
Dilginamning rohatisan
Ey, devzira quvvati,
Sen bilar yetilar shirin
Oʻzbegimning niyati.
Guruchxoʻja dur boʻldiyu,
Palovxonni damladik,
Koʻk choy usti yoru doʻstlar
Bir umrga jonlandik.
Bagʻrimizga marhabo,
Marhabo-yu marhabo,
Na-na-na-na-na-na-na-hey.
Voh-voh palov-palov,
Dil sirdoshidir olov,
Oshpazning mehri bilan
Dunyoga kelar palov. (x6)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!