Umar Shamsiyev - Ayol

Mehr-muruvvatmi ismi ayolning,
Yoki sabru toqat, matonatmikan?
Yuragida cheksiz muhabbat bilan
Yashar dilin tirnab tursa ham tikan. (x2)
Ayolning koʻzlari dengizga oʻxshar,
Tubsiz oʻz domiga tortar nigohi.
Ayol faqat farzandlarim deb yashar,
Ular kamoli deb nola-yu ohi.
Ayol, ayol, ayol, moʻjiza ayol,
Ayol, ayol, ayol, moʻjiza ayol.
Gulday nozikkina vujudi bilan
Qancha iztirobga kelar basma-bas,
Baxtin kutar orzu umidi bilan,
Bardoshiga togʻlar qilgaydir havas.
Moʻjiza izlamang dunyodan boʻlak,
Bir bor tinglang ajib, shirin har soʻzi.
Taftidan eriydi muzlagan yurak,
Axir moʻjizaku ayolning oʻzi.
Ayol, ayol, ayol, moʻjiza ayol,
Ayol, ayol, ayol, moʻjiza ayol. (x2)
Yoki sabru toqat, matonatmikan?
Yuragida cheksiz muhabbat bilan
Yashar dilin tirnab tursa ham tikan. (x2)
Ayolning koʻzlari dengizga oʻxshar,
Tubsiz oʻz domiga tortar nigohi.
Ayol faqat farzandlarim deb yashar,
Ular kamoli deb nola-yu ohi.
Ayol, ayol, ayol, moʻjiza ayol,
Ayol, ayol, ayol, moʻjiza ayol.
Gulday nozikkina vujudi bilan
Qancha iztirobga kelar basma-bas,
Baxtin kutar orzu umidi bilan,
Bardoshiga togʻlar qilgaydir havas.
Moʻjiza izlamang dunyodan boʻlak,
Bir bor tinglang ajib, shirin har soʻzi.
Taftidan eriydi muzlagan yurak,
Axir moʻjizaku ayolning oʻzi.
Ayol, ayol, ayol, moʻjiza ayol,
Ayol, ayol, ayol, moʻjiza ayol. (x2)
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!