Jamshid Davlatov - Sadafgina

Oʻn sakkizga toʻlmaganding, sadafgina,
Bolalikka toʻymaganding, sadafgina. (x2)
Ota-onang havasiga koʻnding nega?
Sevaman deb qoʻymaganding, sadafginam.
Meni bundan, seni undan zor etdilar,
Baxtlar tilab, ahdimizni xor etdilar.
Qadah toʻldi tilaklarga biz sigʻmadik,
Ostonangda to tonggacha yor-yor aytdilar.
Endi yigʻi nam qilmasin kipriklarni,
Ortga yoʻl yoʻq, sindir sadaf koʻpriklarni. (x2)
Hech boʻlmasa armonlaring menga tegsin,
Yor qilayin egasi yoʻq yuraklarni.
Uygʻon sadaf, boshing koʻtar bolishingdan,
Tong otmaydi yigʻlayversang nolishingdan.
Hech boʻlmasa quyoshga sen salomlar qil,
Onam boʻlib oʻpsin sadaf u qoshingdan.
Bir kun kelib men ham balki baxt toparman,
Siniq koʻngil bogʻidan bir taft toparman.
Quvonchlari yetim qilgan sadaf uchun
Oʻzga yorning yuragidan sadaf toparman.
Oʻn sakkizga toʻlmagandi, sadafgina,
Bolalikka toʻymagandi, sadafgina.

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!