🎵 Qoʻshiq matnlari

Masrur Usmonov - Azizam

2.2K marta oʻqildi
Masrur Usmonov - Azizam
Yogʻayotgan yomgʻirmi, qormi,
Qor ostida qolgan bahormi?
Sensiz dunyo shuncha tormi?
Azobda qoldi-ku yuragim.
Shamday yonib, shamdan oʻchdimmu,
Sarvinozim, sendan kechdimmu?
Endi senga men ham hech kimman,
O sevgilim.
Azizam, azizam, sensiz yashay olmasam,
Yoningga bora olmasam, dardim ayta olmasam.
Azizam, azizam, mehrim bera olmasam,
Baxtli qila olmasam, armonimsan azizam.
Yogʻayotgan yomgʻirmi, qormi,
Bir jonimga shuncha ozormi?
Bu dunyoda sevgi bormi?
Armonlarga toʻldi yuragim.
Bu yerlarda netarman endi?
Sahrolarga ketarman endi.
Seni kuylab oʻtarman endi,
O sevgilim.
Azizam, azizam, sensiz yashay olmasam,
Yoningga bora olmasam, dardim ayta olmasam.
Azizam, azizam, mehrim bera olmasam,
Baxtli qila olmasam, armonimsan azizam. (x2)
Azizam…
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!