🎵 Qoʻshiq matnlari

Yodgor Mirzajonov - Sen bilan

1.9K marta oʻqildi
Yodgor Mirzajonov - Sen bilan
Muhabbatning ham sahrosi, bogʻlari bordir,
Ishq yoʻllarin ravon bilma, togʻlari bordir.
Bir kam dunyo kamlaridan ranjima, erkam,
Hatto oyning yuzida ham dogʻlari bordir. (x2)
Hijronidan, armonidan, ummonidan oʻtamiz,
Soʻngra biz goʻzal baxtning visoliga yetamiz. (x2)
Sen bilan, sen bilan, sen bilan birga baxtli boʻlamiz,
Sen bilan, sen bilan, sen bilan birga baxtli boʻlamiz.
Sevgi sharti senday qoshu kamonlardamas,
Yoki dardi maning kabi yomonlardamas.
Chin muhabbat zaminda yo osmonlardamas,
Dilda uning rohatiyu ohlari bordir.
Hijronidan, armonidan, ummonidan oʻtamiz,
Soʻngra biz goʻzal baxtning visoliga yetamiz. (x2)
Sen bilan, sen bilan, sen bilan birga baxtli boʻlamiz,
Sen bilan, sen bilan, sen bilan birga baxtli boʻlamiz.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!