🎵 Qoʻshiq matnlari

Ummon - Vaqt

1.8K marta oʻqildi
Ummon - Vaqt
Yana qaytdi kuz,
Yana daraxtlardagi barglar,
Toʻkiladi yerga xazonlar, yomgʻirlar.
Kuz, muncha koʻp meni yoʻqlamasang,
Bolaligim olganing mayli,
Yoshligimni olib ketmoqdasan, kuz.
Xazonlar, biz oʻynab yurgan bogʻlar,
Xazonlar, ulgʻayib boʻlibmizku qaranglar,
Yerlardan uchirmoqda shamollar
Va yerda xazonlar.
Yomgʻirlar, muncha koʻp yigʻlamasa osmonlar,
Derazamdagi mayda tomchilar.
(Balki mani soʻrab kelgan ular)
Kuz, munchalar shoshmasa soatlar,
Tugamoqda daraxtlarda barglar,
Oylarning ortidan quvar oylar.
Tugadiku kuz, yana qaytdi qish,
Yana vaqt magʻlub,
Kelib boʻldiku sovuq.
Osmondan uchib kelar mayda parchalar,
Koʻchalarda oppoq archalar,
Bolalikdan parcha-parchalar. (x2)
Koʻchada qor, kimdir ishga shoshar,
Kimdir oʻqishga, kimdir hammadan hursand.
Kimning ichi toʻla gʻam.
Oyni yarmi yorug’, yarimi qora,
Agarda senda boʻlsa qora,
Hali hayot oldinda,
Hali bu kunlar qolib ketadi ortingda.
Qayerdan deysan shuncha tashvishlar,
Chenalarimiz ham qolib ketdi podvolda,
Ulgʻayib boʻlibmizku, oʻzingga bir qara.
Qor, yoshligimni qaytargin bir bor,
Maktab chogʻlarimni sogʻindim.
Yana bir birimizga otib qor,
Oʻynab yurganim, hammasi tamom.
Oʻtgan yillarim, qaytsa edi bir on.
Osmondan uchib kelar mayda parchalar,
Koʻchalarda oppoq archalar,
Bolalikdan parcha-parchalar. (x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!