🎵 Qoʻshiq matnlari

Ruhshona feat. Dilshodbek Xoliqov - Bilak uzugim

2.6K marta oʻqildi
Ruhshona feat. Dilshodbek Xoliqov - Bilak uzugim
[Ruhshona]
Soy boʻyida-yo yurgan yigit,
Qoshu koʻzini suzgan yigit, (x2)
Bilak uzugim olgan yigit-o,
Endi bergin-o bilak uzugim. (x2)
[Dilshodbek Xoliqov]
Soy boʻyida-yo yurganim yoʻq,
Qoshu koʻzimni suzganim yoʻq, (x2)
Bilak uzugingni olganim yoʻg’-o,
Olganlar bersin bilak uzugingni. (x2)
[Ruhshona]
Oq otingga-yo yol boʻlayin,
Oq yuzingga-yo xol boʻlayin, (x2)
Yoring yoʻqdir, yor boʻlayin-o,
Endi bergin-o bilak uzugim. (x2)
[Dilshodbek Xoliqov]
Oq otimga-yo yol boʻlsang sen,
Oq yuzimga-yo xol boʻlsang sen, (x2)
Yorim yoʻqdir, yor boʻlgin sen-o,
Mana olgin-o bilak uzugingni. (x2)
Oq otimga-yo yol boʻlsang sen,
Oq yuzimga-yo xol boʻlsang sen, (x2)
Yorim yoʻqdir, yor boʻlgin sen-o,
Mana olgin-o bilak uzugingni. (x2)
Ey, mana olgin-o bilak uzugingni.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!