🎵 Qoʻshiq matnlari

Rayhon - To hayot ekanman

1.9K marta oʻqildi
Rayhon - To hayot ekanman
Roʻparamdan asta oʻtarding,
Bildim, bir soʻz aytmoqchi eding.
Lekin negadir indamading,
Qarab koʻzimga.
Nimalargadir achinarding,
Hatto koʻzingda yosh bor edi.
Judayam baxtsiz koʻrinarding,
Yigʻlar yuraging.
To hayot ekanman,
Sening bir soʻzingga zorman.
To hayot ekanman,
Seni sevganman.
Yillar oʻtib yana
Taqdir bizni uchratganda,
Seni hech baxtsiz deb
Oʻylamaganman.
Nahot meni oʻylab yashading?
Nahot mening qadrimni bilding?
Yolgʻizmiding, nega aytmading,
Nega aytmading?
Seni baxtiyor deb oʻylardim,
Meni sevmaydi deb oʻylardim.
Shunday oʻtib bordimi umring,
Nega aytmading?
To hayot ekanman,
Sening bir soʻzingga zorman.
To hayot ekanman,
Seni sevganman.
Yillar oʻtib yana
Taqdir bizni uchratganda,
Seni hech baxtsiz deb
Oʻylamaganman.
Oʻshanda ortingdan bordim,
Ketma deya oʻtinardim,
Boʻldi, sensiz men hayotda
Oʻlsam kerak deb oʻylardim.
Asta-sekin bunga koʻndim,
Armon boʻlgan orzu eding,
Orzu eding.
To hayot ekanman,
Sening bir soʻzingga zorman.
To hayot ekanman,
Seni sevganman.
Yillar oʻtib yana
Taqdir bizni uchratganda,
Seni hech baxtsiz deb
Oʻylamaganman.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!