🎵 Qoʻshiq matnlari

Ummon - Aytgin menga

1 daqiqa 2.5K marta oʻqildi
Ummon - Aytgin menga
Yuragim hasrati, ezadi qalbimni
Bu turfa tashvishlar.
Har kuni tirnaydi bagʻrimni,
Dardimni yangilab hech uyqu bermaydi.
Negadir oʻylarim kuylarga sababchi boʻladi,
Tun boʻyi bedorman.
Sogʻinchim, gʻururim,
Bir biriga qarshi dushmanga oʻxshaydi,
Ne qilay, shu tunda
Oʻzimni ne bilan ovutay, bilmayman.
Nega sen tark etding,
Ayt, senga nimalar yetmadi?
Menla paytingda kerak edi senga yana?
Koʻzim oldidan oʻtib qiynar yana,
Shirin qiliqlar yana, bekor orzular yana.
Ogʻir afsuslar yana, bergan mehrim ham yana,
Xor boʻlgan sevgim, yana nima yetmadi, aytgin?
Bagʻrim tirnab yirtadi alam yana,
Shirin qiliqlar yana, bekor orzular yana.
Ogʻir afsuslar yana, bergan mehrim ham yana,
Xor boʻlgan sevgim, yana nima yetmadi, aytgin?
Boʻldi bas, kerakmas,
Gaplaring qalbimni oʻpirdi, qiynama.
Qilma qasd, yuzimga aybimni solib,
Kamsitishing shart emas.
Ayb emas davlatim yoʻqligi,
Nahotki insonlik qadri pulchami?
Sogʻinchim, gʻururim,
Bir biriga qarshi dushmanga oʻxshaydi,
Ne qilay, shu tunda
Oʻzimni ne bilan ovutay, bilmayman.
Nega sen tark etding,
Ayt, senga nimalar yetmadi?
Menla paytingda kerak edi senga yana?
Koʻzim oldidan oʻtib qiynar yana,
Shirin qiliqlar yana, bekor orzular yana.
Ogʻir afsuslar yana, bergan mehrim ham yana,
Xor boʻlgan sevgim, yana nima yetmadi, aytgin?
Bagʻrim tirnab yirtadi alam yana,
Shirin qiliqlar yana, bekor orzular yana.
Ogʻir afsuslar yana, bergan mehrim ham yana,
Xor boʻlgan sevgim, yana nima yetmadi, aytgin?
Sen aytgin menga…
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!