🎵 Qoʻshiq matnlari

Yulduz Usmonova feat. Ruslan Sharipov - Hasrat

3.6K marta oʻqildi
Yulduz Usmonova feat. Ruslan Sharipov - Hasrat
[Ruslan Sharipov]
Gulim, titramagin hasratlarimda,
Bezimas sendan ham bezib ketaman.
Yuragim yeb yotgan alamlarimni,
Senga ham aytmasam, kimga aytaman? {x2}

[Yulduz Usmonova va Ruslan Sharipov]
Aytmasam, aytolmasam, dardim boʻlisholmasam,
Senga ham aytmasam, kimga aytaman?
Aytmasam, aytolmasam, dardim boʻlisholmasam,
Senga ham aytmasam, kimga aytaman?

[Yulduz Usmonova]
Men hali bahorni koʻrmagan chechak,
Tilsimlab qoʻyilgan dard toʻla ertak.
Ikki dunyo aro boʻlganim ermak,
Senga ham aytmasam, kimga aytaman? {x2}

[Yulduz Usmonova va Ruslan Sharipov]
Aytmasam, aytolmasam, dardim boʻlisholmasam,
Senga ham aytmasam, kimga aytaman?
Aytmasam, aytolmasam, dardim boʻlisholmasam,
Senga ham aytmasam, kimga aytaman?

[Ruslan Sharipov]
Asli koʻrmaganim qadrin sogʻindim,
Betoqat jon bilan sabrim sogʻindim.
Toʻgʻrisi, qaro yer qabrin sogʻindim,
Senga ham aytmasam, kimga aytaman? {x2}

[Yulduz Usmonova va Ruslan Sharipov]
Aytmasam, aytolmasam, dardim boʻlisholmasam,
Senga ham aytmasam, kimga aytaman?
Aytmasam, aytolmasam, dardim boʻlisholmasam,
Senga ham aytmasam, kimga aytaman?

[Yulduz Usmonova]
Xoʻrsinma, men yana savob etaman,
Haqqa yolvoraman, dardga yetaman.
Ajal sari ketdim, mahshar qaytaman,
Senga ham aytmasam, kimga aytaman? {x2}

[Yulduz Usmonova va Ruslan Sharipov]
Aytmasam, aytolmasam, dardim boʻlisholmasam,
Senga ham aytmasam, kimga aytaman?
Aytmasam, aytolmasam, dardim boʻlisholmasam,
Senga ham aytmasam, kimga aytaman?
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!