Muhriddin Xoliqov - Laylim

Seni Laylim, hajringda toʻlgʻonaman,
Majnun misol vaslingda devonaman.
Oʻzim bir bor qoʻlingdan tutmay turib,
Yellar oʻpsa yuzingdan qizgʻonaman.
Majnun oʻzim, maftun oʻzim,
Mamnun oʻzim, mahzun oʻzim.
Yer aylanur, koʻk aylanur,
Dunyo oʻzim, gardun oʻzim.
Yonimdasan, jonimdasan,
Poyingda parvonaman.
Seni Laylim, hajringda toʻlgʻonaman,
Majnun misol vaslingda devonaman.
Oʻzim bir bor qoʻlingdan tutmay turib,
Yellar oʻpsa yuzingdan qizgʻonaman.
Sochingni oʻynasa xil-xil shamol,
Yuzingdan taratsa gul-gul jamol.
Hijronlar bor, yomonlar bor,
Vafosi yoʻq, yolgʻonlar bor.
Bizga ziyon yetmasmu deb,
Oʻylonaman, oʻrtonaman.
Seni Laylim, hajringda toʻlgʻonaman,
Majnun misol vaslingda devonaman.
Oʻzim bir bor qoʻlingdan tutmay turib,
Yellar oʻpsa yuzingdan qizgʻonaman.
Majnun misol vaslingda devonaman.
Oʻzim bir bor qoʻlingdan tutmay turib,
Yellar oʻpsa yuzingdan qizgʻonaman.
Majnun oʻzim, maftun oʻzim,
Mamnun oʻzim, mahzun oʻzim.
Yer aylanur, koʻk aylanur,
Dunyo oʻzim, gardun oʻzim.
Yonimdasan, jonimdasan,
Poyingda parvonaman.
Seni Laylim, hajringda toʻlgʻonaman,
Majnun misol vaslingda devonaman.
Oʻzim bir bor qoʻlingdan tutmay turib,
Yellar oʻpsa yuzingdan qizgʻonaman.
Sochingni oʻynasa xil-xil shamol,
Yuzingdan taratsa gul-gul jamol.
Hijronlar bor, yomonlar bor,
Vafosi yoʻq, yolgʻonlar bor.
Bizga ziyon yetmasmu deb,
Oʻylonaman, oʻrtonaman.
Seni Laylim, hajringda toʻlgʻonaman,
Majnun misol vaslingda devonaman.
Oʻzim bir bor qoʻlingdan tutmay turib,
Yellar oʻpsa yuzingdan qizgʻonaman.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!