Dildora Niyozova - Bolajonim

Mana bolam, sen bugun toʻrt yoshdasan,
Orzularing bilan oy-quyoshdasan. (x2)
Koʻzlari munchogʻim, aytgin sen menga,
Hademay katta boʻlsang, kim boʻlasan? (x2)
Kim boʻlsang ham bolajon, avvalo inson boʻlgin,
Men va otangning har on dardida darmon boʻlgin.
Bolam, doim tiling shirin suxan boʻlsin,
Mardlar kabi mingan oting saman boʻlsin. (x2)
Bobolaring, momolaring oʻtgan shu yurt,
Sening ham bir sajdagohing, vatan boʻlsin. (x2)

– Bolajonim…
– Oyijonim… (x2)
Suyanganimsan, ishonganimsan, jon bolam.
Orzularing osmoniga narvon qur,
Eldan duo ol-u, davru davron sur. (x2)

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!